Joriy yiling 17 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov Eron Islom Respublikasi Yo`l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar “O`zbekiston – Turkmaniston – Eron” uch tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantirish va foydalanish bo`yicha o`zbek tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelishish, avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonida Eron tomonidan o`zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig`imlarni paritet asosida kamaytirish, shuningdek, yoqilg`i solig`i yig`imlarini ham boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo`yicha kelishuvga erishdi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatlarimiz o`rtasida savdo-sotiq munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron – O`zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o`zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib oldi.