AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Eron zaminida O`zbekiston delegasiyasiga ko`rsatilayotgan samimiy qabul va mehmondo`stlik uchun minnatdorlik bildirdi. 

Do`stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e`tibor qaratib, O`zbekiston bilan Eron o`rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Ko`p asrlar davomida xalqlarimizni madaniy-tarixiy mushtaraklik bog`lab turgani alohida qayd etildi.

O`zaro muloqotlar faollashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, istiqbolli qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Savdo, innovasiyalar va yuqori texnologiyalar, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, transport va kommunikasiyalar, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo`yicha amaliy ishlar qilinayotgani ta`kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv samimiy va ishonchli muhitda, konstruktiv muloqot ruhida o`tdi.

    Boshqa yangiliklar