AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Eronga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

'Shavkat Mirziyoev Eronga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Eronga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi.

Tashrif davomida O`zbekiston rahbari Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar hamda mamlakatning Oliy diniy rahbari Said Ali Xomaneiy bilan uchrashuv o`tkazdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo`nalishlari yuzasidan hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to`plami imzolandi.

“Mehrobod” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar