AsosiyJamiyat

Prezident Misr etakchisi Abdulfattoh as-Sisi bilan ham telefon orqali muloqot qildi

'Prezident Misr etakchisi Abdulfattoh as-Sisi bilan ham telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 28 iyun kuni bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutladilar. O`zbekiston va Misrning do`st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirildi.

Joriy yilning fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi rasmiy tashrif chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Muntazam va samarali muloqotlar tufayli O`zbekiston bilan Misr o`rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlari aniq mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat etakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo`shma investisiya loyihalari va sanoat kooperasiyasi dasturlarini ilgari surish bo`yicha ta`sirchan choralar ko`rish masalalari muhokama qilindi.

O`zbekiston va Misr etakchilari madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faollashtirish muhimligini ham ta`kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar