AsosiySport

Eldor Shomurodov Rimning “Roma” klubiga qaytdi

'Eldor Shomurodov Rimning “Roma” klubiga qaytdi'ning rasmi

O`tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Spesiya" safida o`tkazgan Eldor Shomurodov Rimning “Roma” klubiga qaytdi.

"Spesiya" o`zbekistonlik hujumchini shu yilning 30 yanvarida mavsum so`ngiga qadar “Roma”dan ijaraga olgandi. Ushbu bitim kecha, 30 iyunda o`z yakuniga etdi.

Shomurodov “Spesiya” safida 16 ta o`yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli o`zatmaga mualliflik qildi.

Aytish lozim, Shomurodovning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qilinishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar