Shu yil 23-30 iyul kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi shafeligida futzal bo`yicha milliy terma jamoalar o`rtasida birinchi "CAFA Futsal Cup-2023" turniri bo`lib o`tadi.
Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi ma`lumotiga ko`ra, turnirda Afg`oniston, Eron, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston terma jamoalari mintaqaning eng kuchli jamoasi nomi uchun kurash olib boradi.
"CAFA Futsal Cup-2023" turniri doirasida jami 15 ta uchrashuv o`tkaziladi.
Musobaqa reglamentiga ko`ra, terma jamoalar o`zaro bir-birlari bilan bitta davra ko`rinishida o`yin o`tkazishadi. G`olib jamoa nomi to`plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi.
Quyida "CAFA Futsal Cup-2023" turniri taqvimi keltirilgan:
1-tur
23-iyul
O`zbekistan – Tojikiston
Qirg`iz






