Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish orqali xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini oshirish tarafdori ekanligini bildirdi.
Uning qayd etishicha, ushbu yo`nalishda davlatda boshqaruv intizomini saqlab qolish maqsadida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari hokimlarga nisbatan ishonchsizlik bildirish huquqiga ega bo`lishi kerak.
"Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini to`liq xatlovdan o`tkazilib, takomillashtirilishini, mahalliy byudjet mablag`laridan samarali va oqilona foydalanishni ta`minlash uchun ushbu mablag`lar hisobidan moliyalashtirilayotgan shtatlar sonini maqbullashtirish tashabbuslarini ilgari suramiz", - deydi nomzod o`z tashabbusida.






