AsosiySiyosat

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`ldi

'Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`ldi'ning rasmi

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`ldi. Bu haqda ShHT kotibiyati ma`lum qildi.

4 iyul kuni Nyu-Dehlida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining sammiti o`z ishini boshladi.

“A`zo davlatlar Eron Islom Respublikasining ShHTga to`laqonli a`zo davlat sifatida qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini ta`kidladilar”, — deyiladi xabarda. Eron ShHTning to`qqizinchi a`zosi bo`ldi.

ShHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab tashkilot tarkibiga oltita davlat – Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Xitoy, Tojikiston va O`zbekiston kirgan bo`lsa, 2017 yilda Hindiston va Pokiston ularga qo`shildi.

Tashkilotning asosiy vazifalari a`zo davlatlar hududlarida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, separatizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va h.k.

 

    Boshqa yangiliklar