AsosiyDunyo

Zelenskiy Turkiyaga keldi

'Zelenskiy Turkiyaga keldi'ning rasmi

Vladimir Zelenskiy 7 iyul kuni Turkiyaga keldi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Qayd etilishicha, bu Ukraina prezidentining so`nggi ikki kun ichida tashrif buyurgan to`rtinchi davlatidir.

Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, Turkiyada u Rajab Toyyib Erdo`g`an bilan g`alla kelishuvi, NATO sammiti, Kiev taklif qilgan tinchlik formulasi, Ukrainani tiklash va ikki davlat korxonalari o`rtasidagi mudofaa shartnomalarini muhokama qiladi.

Ma`lumot uchun, bugun ertalab Zelenskiy Slovakiyada, bir kun oldin esa Bolgariya va Chexiyaga tashrif buyurgan edi.

Eslatib o`tamiz, bugun Ukraina prezidenti NATOning Vilnyusda 11-12 iyul kunlari bo`lib o`tadigan sammitida ishtirok etishi ma`lum bo`ldi . Avvalroq uning maslahatchisi Igor Jovkva, agar NATO davlatlari Ukrainani alyansga taklif qilmasa, Zelenskiy sammitga bormasligini aytgan edi.

    Boshqa yangiliklar