Turli davlatlar etakchilari vv rahbarlaridan Shavkat Mirziyovga tabriklar kelishda davom etmoqda.
Jumladan:
O`zbekiston Prezidentining Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Rejep Tayyip Erdog`an Shavkat Mirziyoevni muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan dildan qutladi, saylovchilarning ovoz berishdagi faol ishtirokini hamda Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi tomonidan keng qo`llab-quvvatlanganini ta`kidladi.
Shavkat Mirziyoevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti davomida Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini kuni kecha bo`lib o`tgan muddatidan ilgari Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy tabrikladi.
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi. Qozog`iston rahbari O`zbekiston etakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan dildan qutlab, unga yangi muvaffaqiyatlar, farovonlik va ravnaq tiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya etakchisi davlatimiz rahbarini saylovda qozonilgan ishonchli g`alaba bilan dildan qutladi.
Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Qozog`istonning birinchi Prezidenti O`zbekiston rahbarini kuni kecha mamlakatimizda bo`lib o`tgan muddatidan ilgari Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy qutladi.