AsosiySport

O`zbekistonlik badiiy gimnastikachilar ilk bor jahon chempionatida sovrindor bo`ldi

'O`zbekistonlik badiiy gimnastikachilar ilk bor jahon chempionatida sovrindor bo`ldi'ning rasmi

7-9 iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, qiziqarli bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog`onasiga ko`tarilgan.

Halqa:

1. Tal Franko (Isroil)

2. Amaliya Lika (Ruminiya)

3. Anastasiya Saranseva (O`zbekiston)

Tasma:

1. Liliana Levinska (Polsha)

2. Nikol Todorova (Bolgariya)

3. Mishel Nesterova (O`zbekiston)

Bu badiiy gimnastika bo`yicha jahon chempionatlari tarixida o`zbekistonlik sportchilarning birinchi sovrindorlar qatoridan joy olishi bo`ldi,- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar