AsosiySport

5 nafar o`zbekistonlik sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlangan

'5 nafar o`zbekistonlik sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlangan'ning rasmi

2023 yilda qon orqali doping sinamalari 5 ta Turkiya maxsus laboratoriyaga tahlil uchun yuborilgan. Bu haqda bugun, AOKAda Milliy antidoping agentligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida xabar qilindi.

O`zbekiston va Koreya antidoping agentliklari orasida imzolangan memorandumga ko`ra, Koreyada 7 nafar agentlik mutaxassislari malaka oshirgan. Bundan tashqari, 12 nafar doping ofiser va shaperonlarni tayyorlash kursida o`qitilib, sertifikat berilgan.

Butunjahon antidoping agentligining xalqaro doping ofiser tayyorlash kursida 3 nafar agentlik mutaxassislari (A.Soliev, N.Eshkuvvatov, A.Mansurova) o`qitilib, Xalqaro toifadagi doping ofiserlar tayyorlangan. Ta`kidlanishicha, ularga xalqaro musobaqalarda doping olish huquqi ham berilgan.

Joriy yil 6 oyida jami 244 ta doping sinama olindi. Yil boshidan shu vaqtga qadar 5 ta sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlangan,- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar