1

Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga boradi

Siyosat 17.07.2023, 20:18
Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga boradi

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Markaziy Osiyo - Ko`rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun joriy yil 18-19 iyul kunlari Jidda shahrida bo`ladi.

Bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvda Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar Davlati, Kuvayt Davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O`mon Sultonligi, Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning bosh kotibi ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Kun tartibiga muvofiq, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1