1

“Juma kuni tug`ilgan qizlar nuqsonli bo`ladimi?”

Savol-javob 17.10.2016, 12:01
Teglar: Savol-javob
“Juma kuni tug`ilgan qizlar nuqsonli bo`ladimi?”

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

 

— Shu kunlarda qizimning mazasi bo`lmay ko`p yig`laydigan odat chiqardi. Har xil dardlarga chalinmoqda. Uydagilar domlaga olib borib, dam soldirib kelishdi. Domla xo`roz so`yib, qonini qizimning badaniga surtishni aytibdi. Qonni badanga surtish to`g`risida ma`lumot berishingizni iltimos qilaman. Bundan tashqari, qizim juma tongida dunyoga kelgan. Eshitishimcha, juma kuni dunyoga kelgan qizlar bokira bo`lmas emish. Shu to`g`rida ham ma`lumot bersangiz.

— «Domla» so`zi omma xalq orasida juda urf bo`lgan va aralash-quralash holda ishlatiladigan bo`lib qolgan. Masjid imomi ham domla, folbinu azayimxon ham domla...
Qizingizning tobi qochgan bo`lsa, shifokorga ko`rsating. Agar ruhiy tarafdan kasal bo`lsa, sunnatga muvofiq dam solish kerak. Qo`lingizdan kelsa, o`zingiz dam soling. Bo`lmasa, ishonchli, e`tiqodi mustahkam va taqvoli kishilarga (imom bo`lishi shart emas) olib borib dam soldiring. Domla ekan, deb duch kelgan odamning oldiga yugurib boravermang!
Jonliq so`yib, uni bolaning tanasiga surtish shariatda yo`q. Noshar`iy ishni buyuribdi o`sha odam. Juma kuni tug`ilish va vafot etishning fazilati bo`lishi mumkin. Ammo aynan juma kunida tug`ilganligi sababli bola biron nuqsonli bo`lishi mumkin emas. Bu bo`lmagan gap. Juma kuni tug`ilsa, unday bo`ladi, juma kuni tug`ilsa, mana bu ismni qo`yish kerak... Hammasi odamlar o`ylab topgan narsalar.
Shariatda bandaning o`ziga bog`liq bo`lmagan narsada unga zulm qilinmaydi. Ya`ni, kimning qaysi joyda, qaysi yilda va kunda tug`ilishi o`ziga bog`liq emas. Shunday ekan, bunda falon kunda tug`ilsa, baxtsiz bo`larkan, kasalmand bo`larkan, deyilmaydi. Bandaning baxtli yoki baxtsiz bo`lishi, avvalo Alloh taqdiriga, qolaversa, bandaning amaliga: imon yo kufr yo`lidan yurishiga bog`liq. Maslahatim, bu borada kim nima desa, quloq solib ketavermang. Eng ishonchli va xolis kishilardan maslahat so`rang.

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1