Saudiya Arabistonida o`tgan kibersportning Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) turi bo`yicha Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi g`olib bo`ldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqada O`zbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi. Grand finalda o`zbekistonlik kibersportchilar Mo`g`ulistonga qarshi bahs yuritdi va g`alaba qozondi. Ushbu g`alaba jamoaga Jahon chempionati yo`llanmasini taqdim etdi.
Ushbu g`alaba evaziga o`zbekistonlik kibersportchilar 7 ming dollar mukofot puliga ega bo`ldi. Uchinchi o`rinni Indoneziya jamoasi qo`lga kiritdi.