Shu yil 8-17 iyul kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida para engil atletika bo`yicha navbatdagi jahon chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.
Milliy Olimpiya qo`mitasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi muvafaqiyatli ishtirok etib, 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 17 ta medalni qo`lga kiritishdi
Mazkur natija evaziga delegasiyamiz umumjamoa hisobida 8-o`rinni egalladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, matonatli sportchilarimiz musobaqa davomida Parij-2024 Paralimpiya o`yinlariga 19 ta yo`llanmani qo`lga kiritdi.