Prof boksda harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (12-0, 12 KO) dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani tasdiqlandi.
Bahodir Jalolovning yangi jamoa bilan ilk raqibi 26 avgust, shanba kuni Hard Rock Hotel & Casinoda o`tadigan Jared Anderson-Andriy Rudenko jangidan so`ng ma`lum bo`ladi.
“Faoliyatimdagi yangi sahifadan va butun dunyo bo`ylab boks muxlislariga o`z boks mahoratimni taqdim etayotganimdan juda xursandman”, — dedi Jalolov.






