1

Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat 22.07.2023, 10:44
Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan o`zaro kelishuviga asosan mamlakatimiz hukumati delegasiyasi joriy yilning 21 iyul kuni Tojikiston Repsublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar qildi.  

Dushanbe shahrida Tojikiston Repsublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegasiyasini qabul qildi.

Suhbat avvalida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tojikiston Repsublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

O`z navbatida, Tojikiston rahbari mamlakatimiz etakchisini va butun xalqimizni Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O`zbekiston Bosh vaziri mamlakatimizda bo`lib o`tgan saylovdan so`ng Shavkat Mirziyoevni dastlabki daqiqalarda Prezident Emomali Rahmon tabriklaganini bildirib, bu qardosh Tojikiston davlati mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni qat`iy qo`llab-quvvatlayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taminlash, O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiyalar, energetika, qishloq xo`jaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e`tibor qaratish kerakligi ta`kidlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1