1

Misr “S” gepatitiga qarshi dori vositalarining o`n birinchi turkumini O`zbekistonga yubordi

Siyosat 24.07.2023, 10:31
Misr “S” gepatitiga qarshi dori vositalarining o`n birinchi turkumini O`zbekistonga yubordi

O`zbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga buyurgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda mamlakatimiz rahbarining “Gepatit S” kasalligini yuz foiz davlat hisobidan davolash bo`yicha saylovoldi tashabbusi ijrosi doirasida Misr sog`liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi o`laroq, O`zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilayotgan gepatit “S” virusi qarshi “Daklatasvir” dori vositalarining navbatdagi turkumi mamlakatimizga yuboririldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Kuni kecha "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi ushbu insonparvarlik ko`magining navbatdagi o`n birinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berdi. Ushbu dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar o`rtasida taqsimlanadi.

Kezi kelganda qayd etish joizki, Misr gepatit “V” va “S” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig` bo`lgan.

Misr Sog`liqni saqlash vaziri Xalid Abdug`affor joriy yil 21-30 may kunlari Jeneva shahrida bo`lib o`tgan Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida bu haqda ma`lum qilgan edi.

Ushbu mamlakatda “S”gepatiti virusiga batamom barham berilgani to`g`risidagi shahodatnoma Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan Misr hukumatiga taqdim etilishi kutilmoqda. Muxtasar qilib  aytganda, ko`p yillar davomida ushbu kasallikdan aziyat chekkan Misr bu  kasallikni engishga muvaffaq bo`lgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1