AsosiyDunyo

Gresiyada o`rmon yong`inini o`chirish vaqtida samolyot qulab tushdi.Ekipaj halok bo`ldi (video)

'Gresiyada o`rmon yong`inini o`chirish vaqtida samolyot qulab tushdi.Ekipaj halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Gresiyaning Evbeya oroli janubida tabiiy yong`inlarni o`chirishda qatnashgan Sanadair aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi.

Harbiy ma`lumotlarga ko`ra, ikki uchuvchidan iborat ekipaji bo`lgan CL-215 samolyoti Karistos munisipalitetidagi Platanistos qishlog`ida yong`inni o`chirish vaqtida halokatga uchragan. Samolyot uchuvchilari qidirilmoqda, hududga bitta Super Puma vertolyoti, Harbiy havo kuchlarining bitta AB-205 vertolyoti va yana bir S-70 vertolyoti uchib ketgan.

Gresiya bir necha kundan beri o`rmon yong`inlari bilan kurashmoqda. 23 iyul kuni Rodos orolida 64 ta yong`in sodir bo`ldi, oroldan 30 mingdan ortiq odam, jumladan, sayyohlar evakuasiya qilindi.Ma`lumotlarga ko`ra, jami 70 ming sayyoh orolni tark etgan.

Rodosdagi yong`inlar 40 darajadan oshib ketgan va Gresiyada ko`p kundan beri davom etayotgan kuchli jazirama tufayli yuzaga kelgan. Yong`inlar Afina yaqinidagi va Korfu orolidagi hududlarni ham qamrab olgan.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar