Prezident Farmoni bilan Melibaev Sodir Adilovich Markaziy bank raisi o`rinbosari etib tayinlandi.
Uning zimmasiga buxgalteriya hisobi va hisoboti, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish, to`lov tizimlari, axborot texnologiyalari hamda respublikada “HUMO” milliy to`lov tizimi faoliyatining uzluksiz ishlashini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.
Shu kungacha S.Melibaev Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
S.Melibaev 1969 yilda tug`ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U bank tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega.