1

Tez tibbiy yordam xizmati qanday bemorlarni qabul qiladi va qanday tartibda?

Jamiyat 18.10.2016, 13:53
Teglar: Tibbiyot
Tez tibbiy yordam xizmati qanday bemorlarni qabul qiladi va qanday tartibda?

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida kundalik hayotida duch kelingan voqea, yangilik va muammolarni “baham ko`rish” yaxshigina an`anaga aylangan. Mavzu doirasida kimdir o`zining maslahatini, mutaxassislar esa aniq tartibni keltirish orqali vaziyatga oydinlik kiritiladi.  

Ayni paytda esa tibbiyot muassasasidagi bir holat internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamaga sabab bo`lmoqda. Unda keltirilishicha, Toshkent viloyatidagi shifoxonalarning biridan og`ir ahvoldagi bemor poytaxtdagi tibbiyot muassasalaridan biriga  olib kelingan. Biroq, bemorning ahvoli yomon bo`lishiga qaramay, uning yaqinlariga bu muassasaga kasalni o`zboshimchalik bilan olib kelish mumkin emasligi, hamma ham qabul qilinavermasligi sabab qilib ko`rsatilgan. Buning natijasida ancha vaqt qarovsiz qolgan bemor “koma” holatiga tushib qolgan. Mazkur holatni keltirgan bemorning akasi ijtimoiy tarmoq orqali internet foydalanuvchilari va soha vakillaridan maslahat so`ragan.

Garchi, voqea va unda ishtirok etuvchilar nomi mavhum bo`lsada, undagi sabab va amallar nechog`li to`g`ri?  Shoshilinch Tez tibbiy yordam xizmati qanday bemorlarni qabul qiladi va qanday tartibda? Bu borada biz sog`liqni saqlash vazirligiga murojaat qildik.

ShIFOXONADAN ShIFOXONAGA FAQAT KELIShUV ASOSIDA
Sh.Nishanov, Sog`liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshlig`i:

—  Ma`lumki, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga boshqa davolash-profilaktika muasassalardan (DPM) og`ir bemorlarni o`tkazish jarayoni tomonlar kelishilgan holda amalaga oshiriladi. Shuning uchun, DPM tomonidan Respublika sanitar aviasiyasi orqali tajribali maslahatchisi chaqiriladi va bemor ahvoliga umumiy baho beriladi. Agar bemorga kerakli tashxisiy-davolash tadbirlarni ushbu DPMda to`liq hajmda ko`rsata olmasa, taklif etilgan maslaxtchi tavsiyasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ma`muriyati bilan kelishilgan holda bemor Respublikashoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga o`tkazilishi mumkin. 

BIROQ BEMOR OG`IR AHVOLDA BO`LSA...
—  Biroq, shu tartibni rad etib, shaxsiy yoki tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan bemorlarni ham, agar ushbu bemorlarning hayoti uchun xavf bulsa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga qabul qilinadi va ularga to`liq yordam ko`rsatiladi. 

BEMOR ShOShILINCh TIBBIY YoRDAMGA MUHTOJ BO`LMASA...
—  Agar bemor shifokor ko`rigi va tashxisiy muolajalari natijasidan so`ng bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj emasligi aniklansa, u boshqa DPM larga murojaat etishi tavsiya etiladi. Faqatgina shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo`lmagan bemorlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilmaydi.

MA`LUMOT UChUN
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallari hamda tuman filiallarida faqat shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatiladi. 

AGAR “TEZ YoRDAM”DAN ShIKOYaTINGIZ BO`LSA...
—  Shifokor va bemor o`rtasida noxush holatlar yuzaga kelganda, bu borada fuqarolar shikoyatlari bo`lganda qo`yidagi ishonch telefonlariga murojaat kilish mumkin: 

•  O`zbekistan respublikasi Sog`likni saqlash vazirligi  — 
+998(71)239-47-95; 
•  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi — 
+998(71)150-46-00 

Mamlakatimizda inson salomatligiga, uning bekamu ko`st hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yuqoridagi holatda, qanday yo`l tutilishi haqida ham to`xtalib o`tdik. Agar har bir bemor va uning yaqinlari mavjud qonun-qoidalarga rioya qilishsa, tibbiyot xodimlari ham o`z burchlarini sidqidildan ajo etishsa, bu kabi holatlar kuzatilmagan bo`lardi...

Sharhlar

Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
Toshkentda 25 yoshli yigit o`zini osdi

11.07.2017, 21:10

Toshkentning Shayxontohur tumanida 8 iyul kuni 25 yoshli yigit o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 1992 yilda tug`ilgan yigit balkonda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1