Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. tovuq go`shti, 4 ta kartoshka, 2 ta qizil bulg`or qalampiri, 6-7 bo`lak sarimsoq piyoz, 1 ta piyoz, 100 gr. qattiq pishloq, ta`bga ko`ra qotirilgan non, tuz, murch, kashnich, shivit.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shti va kartoshkani o`rtacha kattalikda to`rtburchak qilib to`g`rab, qizdirilgan yog`da qovuring. Piyoz va bulg`or qalampirini somoncha shaklida kesib, tovuq go`shtiga qo`shing.
2. Sarimsoq piyozni ezib, qora murch va tuz bilan aralashtiring-da, qozonga soling. Qovurilayotgan masalliqlar ustidan 2 litr suv qo`shib, o`rta olovda 30 daqiqa qaynating. Suzishdan 10 daqiqa avval mayda to`g`ralgan ko`katlarni qo`shing.
3. Sho`rvani dasturxonga tortishda kosalarga solib, ustidan qotirilgan non bo`laklari bilan bezatiladi.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa.
30.06.2017, 15:55
Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...24.06.2017, 11:23
Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...23.06.2017, 11:11
Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...22.06.2017, 13:44
O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...