27 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani Parkent ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uyning liftida notanish ayol o`lgan holatda topilgan.
Aniqlanishicha, 24 iyul kuni soat taxminan 14-50 larda 32 yoshli ayol yuqorida ko`rsatilgan manzildagi ko`p qavatli uyning liftiga kirib, qayta chiqmagan.
26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari tomonidan ichki ishlar idorasiga bedarak yo`qolganligi yuzasidan xabar berilgan.
Tekshirish davomida ushbu lift bir necha kundan buyon ishlamayotganligi, oldin ham ishlamay qolishi holatlari ko`p marotaba bo`lganligi haqida uy yashovchilari tomonidan tushuntirishlar berilgan.
"Shifokorlarning dastlabki tibbiy ma`lumotnomasiga ko`ra, marhumaning o`limiga yurakning ishemik kasaligi, o`tkir yurak, qon-tomir va nafas etishmovchiligi sabab deb ko`rsatilgan.
Jamoatchilikda ushbu voqea bo`yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida mutaxassislar yordamida to`liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi", deyiladi bayonotda.