1

O`zimiz haqimizda 10 qiziqarli fakt!

Salomatlik 18.10.2016, 14:28
Teglar: Salomatlik
O`zimiz haqimizda 10 qiziqarli fakt!
  1. Inson tanasi har-xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. Bir umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta-katta oltita suv havzasi (basseyn)ni zararsizlantirish (dezinfeksiya)ga etar ekan! Tanamizdan ajralib chiqqan fosfor esa, 200 quti gugurt tayyorlashga etadi.
  2. Oltmish yil yashagan odam, shundan 20 yilini uyquda o`tkazar ekan, uyqu o`limning ukasi, — degan gaplarni bekorga gapirishmas ekan-da...
  3. Chaqaloq tug`ilgan paytda tizza qopqog`iga ega bo`lmaydi, bu narsa 2–5 yoshlar oralig`ida shakllanadi.
  4. Inson tanasining eng mustahkam qismi bu sochlar bo`lib, ular eng oxirida chirishni boshlaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan, eramizdan avvalgi ming yillar oldin mumiyolangan jasadlar ichida, skeletdan tashqari «yashab» qolgan qismi bu — sochlar edi.
  5. Inson uyqudagi holatida bo`yi uzunroq bo`lishiga nima deysiz? Chunki, gorizontal holda odam tanasi bo`sh va erkin bo`lib, buning natijasi o`laroq u taxminan 0.8 sm ga uzayadi.
  6. Inson organizmi judayam ko`p issiqlik ajratib chiqaradi, bir kunda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi 30 litr suvni qaynatishga etarkan!
  7. Qon tarkibi esa, insoniyat tarixidan oldingi davrdagi dengizlar tarkibi bilan bir xil.
  8. Inson yuragi o`lchami jihatdan mushtdekkina keladi, katta odamlarda og`irligi 220−265 grammni tashkil qiladi. U bir qisqarishda bir stakan (200 ml) qonni haydashga quvvati etadi.
  9. Oshqozon ham judayam «aqlli» bo`lib, miya va uning tahlilisiz o`z ishini bajaraveradi. Biz tomonidan hech qanday ta`sirlarsiz ozuqa hazm qilish jarayonini olib boraveradi. Undan ajralib chiqadigan kislotalar esa, hatto rux moddasini ham hazm qilib — eritib yuboradi. Ammo shunisi yaxshiki, oshqozon hujayralari kislota ta`siridan  ko`ra tezroq harakat qiladi!
  10. Inson terisi katta odamlarda, taxminan ikki kvadrat metrni tashkil qiladi. U hayot davomida, yangilanish natijasida 18 kg terini ajratib tashlaydi. Bu hodisa, inson terisining eski hujayralari o`rniga yangi hujayralar bilan almashinuvi natijasida sodir bo`ladi. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1