AsosiyJamiyat

Yo‘l qoidabuzarligi uchun qaror kechiktirilsa, jarima bekor qilinadi

Bu qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

'Yo‘l qoidabuzarligi uchun qaror kechiktirilsa, jarima bekor qilinadi'ning rasmi

O‘zbekistonda kamera va radarlar orqali qayd qilingan huquqbuzarliklar bo‘yicha qaror bir oydan kechiktirib chiqarilgan bo‘lsa, jarima qo‘llanmaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 iyundagi majlisida ma’lum qilindi.

Majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasi 3-qism bilan to‘ldirilib, unga muvofiq, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi foto va video vositalari orqali qayd etilgan hollarda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmay, qaror ustidan shikoyat qilinganda esa 1 yildan kechiktirmay qo‘llanishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni endilikda kamera va radar orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qaror 1 oydan kechiktirib chiqarilgan bo‘lsa jazo qo‘llanmaydi”, degan Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov.

Majlisda qayd etilishicha, ayrim xorijiy davlatlarda ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jarima jazolaridan tashqari “og‘zaki ogohlantirish” va “ogohlantirish” jazosi borligi, bunda birinchi marta kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni jarimaga tortish o‘rniga, sodir etgan qilmishining ijtimoiy oqibatlarini tushuntirgan holda ogohlantirish amaliyotda bunday qilmishlar sodir etilishining oldini olishda yuqori natijalarga erishilayotganligi kuzatilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “ma’muriy ogohlantirish” jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jahongir Shirinovning bildirishicha, transport vositasini boshqarish jarayonida kamar taqmaslik, texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik, tegishli jihozlar bilan ta’minlanmaganlik, boshqarish davomida telefondan foydalanish, monitordan foydalanish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, majburiy sug‘urta talablarini buzish, piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi kabi holatlar uchun bir yilda bir marta ogohlantirish qo‘llanadi.

Yo‘l chiziqlarini bosganlik kamera orqali qayd etilmaydi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi avtomobillardan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sohada fuqarolarni qiynab kelayotgan ayrim muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonga zamonaviy robot-xirurg keltirildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.06.2025 21:56

    O‘zbekistonga zamonaviy robot-xirurg keltirildi

    “REVO-I” rusumli ushbu noyob robot-xirurg Koreyaning “Meere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning imkoniyatlari juda keng.

    'Prezident "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.06.2025 19:43

    Prezident "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev, Si Szinpin, Sadir Japarov, Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.06.2025 18:32

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.06.2025 18:20

    'Ichimlik suvi: rasmiy hisobot va jamoatchilik kuzatuvlari o‘rtasida tafovut'ning rasmi

    Jamiyat 16.06.2025 22:10

    Ichimlik suvi: rasmiy hisobot va jamoatchilik kuzatuvlari o‘rtasida tafovut

    O‘zbekistonda ichimlik suvi bilan bog‘liq infratuzilma loyihalarining samarasizligi atrofida bahslar kuchaymoqda.

    'Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?'ning rasmi

    Jamiyat 16.06.2025 17:45

    Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?

    Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilik vakillari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar.