AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Parkent bozoridagi qurilish mollari do`konida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Toshkentdagi Parkent bozoridagi qurilish mollari do`konida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 29 iyul kuni soat 17:37 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko`chasida joylashgan qurilish mollari do`konida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 17:44 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 18:00 da bartaraf etilgan.  

Yong`in natijasida do`konning tahminan 5 kv.m maydonda qurilish mollari va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar