AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus ichidagi odamlari bilan ko`prikdan tushib ketdi (video)

'Toshkentda avtobus ichidagi odamlari bilan ko`prikdan tushib ketdi (video)'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ko`prikdan tushib ketgani aytilayotgan avtobus "Toshshahartransxizmat"ga qarashli Mercedes-Benz rusumli avtobus hisoblanadi.

Qayd etilishicha, avtobusning ko`prikdan tushib holati O`zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o`tkir syujetli "Uch qahramon" filmining tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahnalashtirilgan holat.

Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko`rilgan bo`lib, hudud yo`l patrul xizmati inspektorlari tomonidan nazoratga olingani hamda suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmaganligi ham ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar