AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub`ektlari er va mol-mulk soliqlari bo`yicha hisobot topshirmaydi

'1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub`ektlari er va mol-mulk soliqlari bo`yicha hisobot topshirmaydi'ning rasmi

Prezident tomonidan har bir tadbirkorning muammosini hal qilishga alohida soliqchi mas`ul bo`lishi belgilandi. Bunda, yillik aylanmasi:

  •  1 milliard so`mgacha bo`lgan mikro biznes vakillari bilan mahalladagi soliq xodimlari;

 

  •  10 milliard so`mgacha bo`lgan kichik tadbirkorlar bilan tuman soliq rahbari va uning o`rinbosarlari;

 

  •  100 milliard so`mgacha bo`lgan o`rta biznes korxonalari bilan viloyat soliq rahbari va uning o`rinbosarlari;

 

  •  100 milliard so`mdan yuqori bo`lgan yirik korxonalar bilan esa Soliq qo`mitasi o`rinbosarlari shaxsan ishlab, ularning muammolarini hal qilib boradi.

 

1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub`ektlari er va mol-mulk soliqlari bo`yicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug`ullanadi.  

Kelgusi yil 1 yanvardan esa kichik biznes sub`ektlari va fermerlarning hisobotini soliq idoralari elektron shaklda yuritadigan tizim bo`ladi.  

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo`mitasiga soliq idoralarini korrupsiyadan xoli tuzilmaga aylantirish, xodimlarining ma`naviy-axloqiy qiyofasini yaxshilash bo`yicha tizim yaratish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar