AsosiyJinoyat

Navoiyda portlovchi moddalar bilan qo`lga tushgan erkakning maqsadi ochiqlandi

'Navoiyda portlovchi moddalar bilan qo`lga tushgan erkakning maqsadi ochiqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lbola usulda tayyorlangan portlovchi moddalarning muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Fuqaro Sh.A. fuqaro K.H.ga oltin konlarida noqonuniy ravishda oltin zarrachalari mavjud qumlarni qazib olishda portlatish va oltin qazib olish ishlariga “sherik” sifatida qo`shish evaziga, portlovchi moddalardan qo`lbola usulda tayyorlangan 14 dona qurilmani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o`qotar qurolning, o`q-dorilarning, o`qotar qurol asosiy moddalarning, portlash vositalarining yoki portlash qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar