1

«Muhabbat daraxti» foto-test orqali o`zingizga munosib insonni tanlang!

SUG'DIYONA 19.10.2016, 11:51
Teglar: Muhabbat, Ayol
«Muhabbat daraxti» foto-test orqali o`zingizga munosib insonni tanlang!

Qizlarjon, suratlarga diqqat bilan razm solib, ko`nglingizga yoqqanini tanlang-da, ta`rifga ko`z yugurtiring. Foto-testimiz orqali fe`l-atvoringiz va sizga munosib inson haqida kerakli ma`lumotlarni bilib olasiz. 

1. Romantikaga oshuftasiz!

Kuchli, dadil va jur`atlisiz. Ko`nglingizning bir burdida shunday xos joy borki, u romantika va nafis tuyg`ularni istaydi. O`zingizga bo`lgan ishonch, qat`iyat va etti o`lchab bir kesishingiz omadingiz garovi. Garchi kishilar bilan til topishishingiz biroz mushkul bo`lsa-da, tanlov pallasida o`zingizni yo`qotib qo`ymaysiz.  Qarama-qarshi jins vakillarining e`tiborini qozonish uchun makr kabi «qurol»lardan foydalanishga cho`chimaysiz. Odatda bu usullaringiz munosabatlaringizni yanada mustahkamlaydi. Yigitlar sizni  ishonchli va  qat`iyatli qiz sifatida qabul qilishadi. Kundalik muammolar munosabatlaringizga sovuqchilik tushurishiga yo`l qo`ymaysiz. Fe`l-atvori sizga o`xshagan inson bilan baxtli yashaysiz. Kasb-koriga kelsak, siyosatchi, notiq, rejissyor va o`z sohasida etakchi yigit bilan uzukka ko`z qo`ygandek mos tushasiz.

2. Kuchli insonga suyanishni istaysiz!

Ehtiyotkor, rejali, tadbirkor va tirishqoq... Bu ro`yxat uzoq davom ettirilsa-da, fazilatlaringizning adog`iga etish mushkul. Siz atrofdagilarning nog`orasiga o`ynaydiganlar toifasidan emassiz va soxta obro`-e`tibor izidan quvmaysiz. Biroq ta`sirchanlik, palapartishlik kabi odatlaringizdan xalos bo`lish fursati etdi. Mas`uliyatni bo`yningizga olishni o`rgansangiz, katta yutuqlarga erishasiz. Yigitlar bilan munosabatlaringiz reja asosida, bosqichma-bosqich rivojlanishini istaysiz. Fe`lingizdagi barqarorlik atrofdagilarda, xususan yigitlarda ishonch tuyg`usini uyg`otadi. Hayotingizni mehribon, doim qo`llab-quvvatlashga tayyor, kuchli inson bilan bog`lasangiz, yanglishmaysiz. Bo`lajak juftingiz hisobchi, bank xodimi, muhandis yoki quruvchi bo`lsa, nur ustiga nur.

3. Yuragingizga quloq tutasiz!

Sodda, ochiqko`ngil va samimiy insonsiz, shu tufayli ko`nglingiz doim jo`shqin kechinmalarni xohlaydi. Odatda boshqalarning fikrini diqqat bilan eshitsangiz-da, hal qiluvchi qarorni istaklaringizga asoslanib qabul qilasiz. Turli janjal va ko`ngilsizliklardan qochish borasida mahoratlisiz. Tanlov chog`ida ixtiyoringizni o`zingizga suyanchiq bo`la oladigan kuchli shaxsga berasiz. Qalbingiz muhabbat va yoqimli tuyg`ularga limmo-lim. Ularni kundalik muammolar so`ndirib qo`yishidan ehtiyot bo`ling. Sportchilar, harbiylar bilan chiroyli juftlik hosil qilasiz.

4. Moslashmaysiz, moslashtirasiz!

Siz tartibli, boshlagan ishini oxiriga etkazmay qo`ymaydigan kishilardansiz. Qoidalaringizdan sira chetga chiqmaysiz. Fe`lingiz ancha bosiq bo`lsa-da, o`zingizni xafa qildirib qo`ymaysiz. Atrofdagilar bilan munosabatlaringizni qadriga etganingiz tufayli tanish-bilishlaringiz, dugonalaringiz bisyor. Yigitlar bilan munosabatlarda esa birinchilikka intilasiz. Agar ustunlikka erisha olmasangiz, teng huquqli sherik rolini ham qabul qilishingiz mumkin. Aslida sizga falon kasb egalari munosib deb aytish mushkul.  Chunki kim bo`lishidan qat`i nazar ko`nglingizdagi insonni tarbiyalab olishga qodirsiz. Mustahkam iroda sohibini uchratsangiz, xech ikkilanmay rozi bo`lavering. Bunday yigit bilan tengi yo`q juftlikka aylanasiz.

5. Arazingiz ochilmaydi!

His-tuyg`uga beriluvchansiz, lov etib yonib, puf etib o`chishingizni tan oling. Munosabatlarda esa sirliligingiz va maftunkorligingiz bilan qarama-qarshi jins vakillarining e`tiborini qozonishga intilasiz. Vaqti-vaqti bilan arazchiligingiz tutib qoladi. Lekin achchiq ustida qaror qabul qilmaysiz. Umr yo`ldosh sifatida og`ir-vazmin, fe`l-atvori barqaror kishini tanlasangiz, afsuslanmaysiz. Huquqshunos, advokat, diplomat yoki uchuvchilar siz uchun munosib tanlov.

KAMOLA tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1