1

Misr O`zbekistonga “S” gepatitiga qarshi dori vositalarining o`n ikkinchi partiyasini yubordi

Siyosat 07.08.2023, 08:49
Misr O`zbekistonga “S” gepatitiga qarshi dori vositalarining o`n ikkinchi partiyasini yubordi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan O`zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan “S” gepatitiga qarshi “Sofosbuvir” dori vositasining o`n ikkinchi partiyasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA 

Umumiy 30 dona qutiga yuklangan 7,2 ming “Sofosbuvir-400 mg” dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Qayd etish joiz, Misr gepatit “V” va “S” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig` bo`lgan va bu haqda vazir Xalid Abdug`affor joriy yilning 21-30 may kunlari Jeneva shahrida bo`lib o`tgan Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida ma`lum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, Misrning gepatit “S” kasalligiga qarshi kurashdagi beg`araz yordami davlatimiz byudjetidan ajratilgan 35 milliard so`mni tejash imkonini berdi. Natijada ushbu mablag`lar gepatitni aniqlash bo`yicha aholini “skrining” qilish hajmini joriy 10 mingdan 1 millionga qadar oshirish, yashiringan viruslarni aniqlab, kasallikka to`liq barham berishga imkon yaratishi mumkin.

Ta`kidlash joiz, ushbu tadbir O`zbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi hamda ikki mamlakat sog`liqni saqlash vazirliklari o`rtasida o`tkazilgan muzokaralar chog`ida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ta`kidlanishicha, faqat aholini ommaviy tekshirish va gepatitga qarshi doimiy kurash natijasida ushbu kasallikka 2030 yilga kelib chek qo`yish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1