Sal avval Afg`oniston hukumati neft sifati pastligi sababli 67 ta neft tankini O`zbekistonga qaytarishga qaror qilgani xabar qilingan edi.
Ayni paytda mazkur xabarlar yuzasidan "darakchi.uz" "O`zbekneftgaz" AJ bilan bog`landi. Jamiyat jorij OAVlarida Afg`oniston Milliy standartlar boshqarmasiga tayanib tarqatilgan mazkur xabar asossiz ekanini bildirdi.
"Mazkur xabarlar asossiz! Tez orada jamiyat tomonidan mazkur holat bo`yicha rasmiy ma`lumot e`lon qilinadi", - dedi "O`zbekneftgaz" mas`uli.






