Qashqadaryoning Kitob tumanida voyaga etmagan qizlarni o`g`irlashda gumonlanayotgan erkak ushlandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, tumanning “Qo`shdaryo” MFY hududidagi do`kon oldida notanish kimsa voyaga etmagan qizlarni aldab chaqirib, ularni o`g`rilab ketishga uringan.
Bu holat do`kon oldida o`rnatilgan kuzatuv kamerasida ham aks etgan. Do`kondan uzoqlashgach, erkak o`ldirish bilan qo`rqitib, qizlarni o`zi bilan ketishga undagan. Xususan, bu holatga tushgan 10 va 12 yoshli ikki qiz undan qutilib qolishga erishgan va bu haqda ota-onasiga aytib bergan.
Erkak shunday harakatlarning birida mahalla raisi va mahalla faollari tomonidan qo`lga olinib, Kitob tumani Ichki ishlar bo`limiga topshirilgan. Hozirda tuman IIB tomonidan surishturuv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, erkak ruhiy nosog`lomligi aytilmoqda.






