1

"Soliq" mobil ilovasi yangilandi

Iqtisodiyot 15.08.2023, 12:54
"Soliq" mobil ilovasi yangilandi

Soliq qo`mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Mobil ilovaning yangi 1.3.11 versiyasida:

▪️"Quyoshli xonadon" subsidiyasi va Ijtimoiy keshbek summalarini TaxPay* to`lov tizimi orqali bank kartalariga o`tkazish imkoniyati yaratildi;

▪️"Quyoshli xonadon" bo`limida quyosh paneli orqali yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi hajmini yangilangan diagramma orqali kuzatib borish mumkin;

▪️"O`zini-o`zi band qilish" bo`limi takomillashtirildi.

Ilovani hoziroq yuklab oling Android / iOS

"Quyoshli xonadon" subsidiyasi hamda Ijtimoiy keshbek summalarini ilovaning "Keshbek" bo`limidagi "Kartaga pul o`tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o`tkazib olishingiz mumkin.

*Tax Pay – "Soliq-servis" DUK tomonidan "Soliq" mobil ilovasi orqali naqdsiz pul o`tkazmalarini hamda xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan to`lov tizimi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1