1

«Qaynota-qaynonam turmushimizga qarshi...»

SUG'DIYONA 20.10.2016, 10:36
Teglar: Oila, Er-xotin
«Qaynota-qaynonam turmushimizga qarshi...»

— Turmushga chiqqanimga 2 yil bo`ldi. To`yimizdan ko`p o`tmay, erim bilan ishlash maqsadida chet davlatiga ketdik. U erda hammasi yaxshi edi, bir-birimizni tushunib, ahil yashardik. Biroq uyga qaytishimiz bilan qaynonam janjal chiqara boshladi. Yuborgan pullarimizga qaynopamning to`yini qilishdi, boshqa xarajatlarga ishlatishdi. Ishlari bitgandan keyin esa to`nini teskari kiyib olishdi. Arzimagan bahonalar tufayli janjanllar ko`paydi. Yig`inlarda onam olib keladigan tog`oralar qaynonamga yoqmay qoldi. «Ichida go`shti ham yo`q. Tuzukroq narsa qilsa bo`lmaydimi?» deb tirnoq ichidan kir axtara boshladi. Bu gaplardan keyin achchiq ustida ota uyimga ketdim, onam menga vaziyatni to`g`ri tushuntirgani uchun yana kaynonamnikiga bordim. Qaynonam esa «O`zi ketar yor-yor, o`zi kelar yor-yor», deb pisanda gaplar qildi. Oilam tinchini o`ylab, tilimni tiydim. Bu orada dadam uzoq safarga ketadigan bo`lib qoldi. Kuzatgani bormoqchi edim, qaynonam ruxsat bermadi. Alamimdan yig`lab yubordim. Bundan jahli chiqib, «Rosa jonga tegding, bor ketsang ketaver, katta ko`cha. Qaytib kelmasang ham mayli», deb haydadi. Bir yil deganda zo`rg`a homilador bo`lgandim, kelishmovchiliklar tufayli homilam nobud bo`ldi. Jonimdan o`tib ketganidan keyin akamga qo`ng`iroq qilib hasrat qilgandim, kelib meni olib ketdi. Endi qaynotam ham, qaynonam ham uyga qaytishimni xohlashmayapti. Erimning ko`ngli menda bo`lsa-da, otasining gapidan chiqolmaydi. O`zim ham turmush o`rtog`imni yaxshi ko`raman, bir-birimizdan kechmoqchi emasmiz. Tez-tez kelib, xabar olib turadi. Ammo qaynota-qaynonam o`g`lini uylantirishmoqchi, xo`jaynim ham ikkilanib qolgan, «Uylansam ham, seni tashlab qo`ymayman», deyapti. Bir safar ammam «Bular yosh, aqli etmagan-da, yoshliq qilib qo`yibdi. Kechira qoling», deb katta boshini kichik qilib borgan edi, qaynotam xaqoratlab hammamizni haydab soldi. Nima qilshni bilmayapman. Iltimos, maslahat bering, oilam buzilishini istamayman.

Kamola, 23 yosh, Toshkent viloyati

Qaynonajon: — Chet elda er-xotin mustaqil, erkin yashashga o`rganib qolgansiz. Endi oila a`zolaringizning gap-so`zlari yoqmayotgani tabiiy. Biroq turmush qurish degani er bilangina munosabat qilish emas. O`zbekchilikda oila kattalarini e`zozlash, hurmatini joyiga qo`yish kelinning birinchi galdagi vazifasi. Pul masalasiga kelsak, har bir oilaning o`z moliyaviy sharoiti, qonun-qoidasi bo`ladi. Siz ham shu oilaning a`zosi sifatida o`rnatilgan qoidalarga amal qilishingiz darkor. Ota-ona ham farzandining peshana teri bilan topgan pulini behuda sarflamaydi, xonadon zaruratiga ishlatishga harakat qilishadi. Bundan faqat xursand bo`lib, ulardan oila boshqaruvini o`rganib borish lozim. Jon qizim, bu dunyoda biror ishning javobsiz qolganini ko`rmadim. Ayniqsa, jigarlarga qilingan yaxshilik o`n chandon bo`lib qaytadi. Sizga bo`lmasa, kelgusida farzandlaringizga, yoki nabiralaringizga, albatta, qaytadi. Shunday ulug` kunlarda arazlab yurmay ostonasi tillo xonadoningizga boring, uzr so`rang, qaynonangizga onajonim deng, duolarini oling. Xo`jayningizga ota-onasi, jigarlarini yomonlamang, aks holda sizdan ko`ngli qoladi. Sizga baxt-saodat tilab qolamiz.

Shahnoza Xalilova, ruhshunos: — Qaynota-qaynonangizga ta`sir o`tkazish, ularning fikrini o`zgartirish biroz mushkul bo`ladi. Shuning uchun ishni eringizdan boshlashingiz lozim. Avvalo turmush o`rtog`ingizga bosim o`tkazmaslikka harakat qiling. Unga aql o`rgatish, o`z yo`rig`ingizga yuritishga urinmang. Axir shundoq ham hozir ota-onasi tomonidan kuchli bosimga uchragan, ular tufayli o`z istaklariga qarshi borishiga to`g`ri kelmoqda. Agar siz ham aytganingizni qildirishga urinsangiz, tashqaridan yupanch topishi aniq. Siz bu xatoga yo`l qo`ymay, uni ilhomlantirib turing. Ya`ni «Shu vaziyatdan bizni olib chiqib keta olishingizga ishonaman, oilamizni saqlab qolish qo`lingizdan keladi» degan so`zlar bilan uni ruhlantiring. Siz bilan o`zini erkin his etsin. Faqat sizgina uni tushunishingizga, sizgagina ko`nglidagilarni erkin ayta olishiga ishonsin. Agar er-xotin ajrashishni istamasa, hech kim ularni ayira olmaydi. Eringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlashga harakat qiling.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1