Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda sakkiz nafar O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Hindiston bojxona departamenti xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ular 5,3 kilogramm oltinni noqonuniy yo`llar bilan mamlakatga olib kirishga uringan.
"Bojxonachilar bagaj aravasining orqa tomoniga mahkamlangan metall qutiga yashirilgan 50 dona tilla zanjirlarni topib, olib qo`ydi. Topilgan tilla taqinchoqlarning umumiy qiymati 351 ming dollarga baholanmoqda. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.