1

Artel: Google tizimidagi yangi televizor xarid qilish uchun 5 sabab

Iqtisodiyot 19.08.2023, 19:09
Artel: Google tizimidagi yangi televizor xarid qilish uchun 5 sabab

Artel kompaniyasi vakillari yuqori sifatli ovoz va tasvir bilan ajralib turadigan Google TV tizimi asosidagi yangi televizorlar haqida so`zlab berdi.

Ko`pchilik uchun televizor deyarli oila a`zosiga aylangan. U kundalik hayotimizning ham, bayramona ziyofatlarning ham to`laqonli ishtirokchisi: insonlar uning qarshisida so`nggi yangiliklarni muhokama qilish, serial tomosha qilish va ish kunidan keyin hordiq chiqarish uchun yig`ilishadi. Zamonaviy televizorlar mehmon kutish xonasining haqiqiy bezagi hamdir. Ular nozik ekran, ixcham ramkalar, birinchi darajali tasvir sifati, aniq ranglar va keng burchak ostida ko`rish xususiyatlarini o`zida mujassam qilgan ko`rkam dizaynga ega.

Artel kompaniyasi butun oila a`zolari uchun qadrdon do`stga aylanadigan  Google tizimi asosidagi ART-A85LU9500 televizori haqida so`zlab berdi.

Yanada kattaroq ekran o`lchami

Ekran o`lchami tasvir sifatiga bevosita ta`sir qiladi. Bu ko`rsatkich qancha yuqori bo`lsa, tasvir shuncha aniq bo`ladi. Artel A85LU9500 televizori 4K Ultra HD formatini o`zida mujassam qilgan bo`lib, u an`anaviy HD`dan to`rt baravar yuqori aniqlikni taqdim etadi. Bu formatni tanlab, siz nafaqat tasvir ravshanligi va rangbarangligidan bahramand bo`lasiz, balki televizorni yaqinroq masofadan ham tomosha qilishingiz mumkin bo`ladi — bunda ekrandagi piksel nuqtalar sezilmaydi.

4K televizorining yana bir ustunlik jihati — kichik o`lchamda olingan tasvirlarni yaxshilash qobiliyatiga ega masshtablash (interpolyasiya) texnologiyasidir. Elementlarni to`rt baravar kattalashtirish hisobiga tasvirdagi kichik detallar yanada yaxshiroq ko`rinadi, tonal o`tishlar esa tekislanadi. Filmlarda yorqin ranglar, aniq chiziqlar va oddiy televizor ko`rsata olmaydigan juda ko`plab detallar paydo bo`ladi.

Google tomonidan operasion tizim

Google TV — telefondagi kabi deyarli bir xil, faqat televizorga o`tkazilgan operasion tizimdir. Google tomonidan ishlab chiqilgan bu tizim cheksiz kontentdan foydalanish imkonini beradi: filmlar, seriallar, sport musobaqalari, shou-dasturlar va hokazo. Deyarli butun dunyo — sizning televizoringizda.

Bir necha tugmani bosish orqali siz yangi blokbasterni topishingiz yoki katta ekranda UEFA Superkubogi finalini yoqishingiz mumkin. Artel televizoriga o`rnatilgan Google tizimi televizorni o`zingiz uchun qulay qilib sozlashga yordam beradi: Google TVdan katta ekran uchun sevimli ilovalar va o`yinlaringizni yuklab olishingiz hamda kabel kanallarisiz filmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

HDR10+ texnologiyasi bilan yorqin ranglar

HDR10+ — bu barcha ranglarni yanada aniqroq va yorqinroq ko`rsatish hamda qorong`u yoki yorqin sahnalarda detallarni tiniqlik bilan aks ettirishga mo`ljallangan yangi texnologiya. U 10 bitgacha bo`lgan ranglar boyligini aks ettira oladi, bu esa bir milliarddan ortiq turli xil ranglarni namoyish etish imkonini beradi.

Texnologiya har bir tasvirni alohida tahlil qiladi va natijada tasvir sifatini va yorqinlik darajasini optimallashtiradi, bunda ekrandagi tasvir yanada tabiiy va reallikka yaqin bo`ladi. Agar ekranda sirli g`or namoyish etilsa, siz nafaqat qorong`i fonni, balki devorlarning tuzilishini ham tiniq ko`rasiz, dengizda suzib yurgan yaxta namoyish etilgan sahnada esa quyoshli fonda aks etgan yorqin quyosh nurlarini aniq ko`ra olasiz.

Kuchli va tiniq ovoz texnologiyasi bilan butunlay qamrab olish

Artel TV A85LU9500 televizorlarida Dolby Atmos audioga ishlov berish texnologiyasi o`rnatilgan bo`lib, u kino effektiga ega sifatli ovoz yaratadi. Bunda siz uyingizdagi mehmonxonada emas, balki haqiqiy kinoteatrda o`tirgandek bo`lasiz — suhbatlar, musiqa va engil tovushlar jonlanib, atrofingizda harakatlanayotgandek tuyiladi.

Dolby digital+ tufayli Artel televizorlari nihoyatda tiniq va real ovoz chiqaradi. Tovushlar aralashgan an`anaviy audio tizimlardan farqli o`laroq, Dolby Atmos har bir tovushni mustaqil ravishda ijro etadi. Dinamik tizim syujetga butunlay sho`ng`ish imkonini beruvchi ovoz chiqaradi.

O`rnatilgan Google Assistant yordamchisi

Google Assistant – bu shaxsiy yordamchi bo`lib, u sizga kerakli filmni topishga, ovoz balandligini oshirishga yoki filmni siz to`xtatgan joydan davom ettirishga doimo tayyor. Ushbu funksiya zamonaviy sun`iy intellekt texnologiyalariga asoslangan. U tomoshabinlarning xatti-harakatlarini tahlil qiladi va aynan sizga mos keladigan kontentni taklif qilishi mumkin.

Ovozli qidiruv funksiyasining mavjudligi televizordan foydalanishni bolalardan tortib, keksalargacha bo`lgan barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun sodda va qulay qiladi. Qulay interfeys Google TV tizimi asosida mobil qurilmangizdagi suratlar, video va musiqalarni televizor ekraniga translyasiya qilish imkonini beradi: siz oilaviy suratlaringizni yoki dam olish cho`g`idagi videolaringizni katta ekranda yuqori sifatga ega tasvir va ovoz bilan ko`rishingiz mumkin.

Artel televizorlarining yangi modellari haqida batafsil ma`lumot bilan kompaniyaning shourumlarida yoki quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yagona axborot markazi: (+998) 78−148−88−88.

Sayt: https://www.artelgroup.orgartelelectronics.com
Instagram: @artel[]_offisial, @artel[]_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1