1

To`yona qarzmi yoki sovg`a?

Savol-javob 20.10.2016, 15:06
Teglar: Savol-javob
To`yona qarzmi yoki sovg`a?

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

Men bir korxonada kichik lavozimda ishlayman. Ancha yil avval o`g`il uylantirganimda, to`yga rahbarimizni ham taklif qilgandim. U kishi to`yga kelib, menga to`yona bergandi. Shu vaqt ichida rahbarimiz ikkita to`y o`tkazdi. Lekin men taklif kilinmadim. Bir haftadan keyin u kishi kenja o`g`ilini uylantirmoqchi. Voqeadan xabardor xizmatdoshlarimning ba`zilari «To`yona, bu — qarz. Aytilmagan bo`lsang ham birrov borib, tabriklab to`yonasini qaytar», deyishmoqda. Boshqalar esa «Aytilmagan joyga borish uyat. To`yona, bu — sovg`a. Qaytarish shartmas. Ayniqsa, rahbarga pul olib borsang, uni noqulay ahvolga solasan», degan fikrni bildirishmoqda. Endi men qanday yul tutay?

— To`yona qarz emas, hadya. Uni qaytarish shartmas. Agar to`yona berayotgan kishi «Mana bu senga qarz. Vaqti kelib qaytarasan» deganida, o`sha pulni qaytarish lozim bo`lardi. Pul berayotgan kishi «Mana buni olib qo`ying», deb biror narsani shart qilmadimi, demak, qarz emas. To`yona olgan odam imkonini qilsa, o`sha odamga ham to`y vaqtida biror narsada yordam berishi mumkin. Qodir bo`lmasa, bermaydi.

Kishi chaqirilgan joyga – agar yig`in shar`iy bo`lsa – borishi shart. Agar noshar`iy joyga taklif qilinsa, bormaydi.
Kishi biror marosimga xonadon egasi tomonidan taklif qilinmagan bo`lsa, boshqalarning «taklif»i hisobga o`tmaydi. 

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1