Qozog`istonning Turkiston viloyatidan o`tgan Sirdaryo daryosida 11 kishi suzish uchun belgilanmagan joyda cho`milish chog`ida cho`kib ketdi, deb xabar berdi "Kazinform" Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.
Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari 6 nafar jasadni suvdan olib chiqdi (shaxsi va yoshi aniqlanmoqda), besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Ma`lumotlar joriy va o`zgarishi mumkin.
Voqea joyiga 144 kishi, 16 ta texnika, 6 ta suzish inshooti va dron, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, mahalliy ijroiya organlari xodimlari jalb etilgan.