1

O`zbekiston Xitoyga gaz etkazib berish hajmini oshirdi

Iqtisodiyot 22.08.2023, 13:16
O`zbekiston Xitoyga gaz etkazib berish hajmini oshirdi

Iyul oyida O`zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini qiymat ko`rinishida oshirdi, deb yozmoqda Trend.

Aprel oyida O`zbekiston gaz eksportini tikladi, uning umumiy hajmi 40,47 million dollarni tashkil etdi. May oyida etkazib berish hajmi 78,16 million dollarga, iyun oyida esa 85,27 million dollarga oshgan. Iyul oyida bu hajm 91,39 million dollarni tashkil etdi, bu o`tgan oyga nisbatan 7,2 foizga ko`pdir.

Umuman olganda, joriy yil boshidan buyon eksport 295,3 million dollarni tashkil etdi, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6 foizga kam, ya`ni 505,87 million dollarni tashkil qilgan. Buni yanvar-mart oylarida O`zbekistondagi energetika inqirozi tufayli gaz eksporti to`xtatilgani bilan izohlash mumkin, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1