1

Ayollarning erkaklardan 6 farqi

SUG'DIYONA 21.10.2016, 14:23
Teglar: Ayol, Erkak
Ayollarning erkaklardan 6 farqi

Avtomobilni yaxshi va e`tibor bilan boshqaradi! Shirakayf ahvolda aslo “rul”ga o`tirishmaydi! Yo`l harakati qoidalarini buzmaslikka intilishadi va kamdan-kam holatlarda yo`l harakati hodisalarining ishtirokchisiga aylanishadi.

Ayollarning immuniteti mustahkam! Nozik hilqatning organizmidagi estrogen gormoni virus va infeksiyalar bilan kurashda engilmaslik uchun kuch berib turadi.

Ovqatlanish tartibiga rioya qiladi! Vaqtini ayamay, dangasalik qilmay salomatlik uchun foydali taomlar pishiradi. Erkaklardan farqli o`laroq 2 daqiqadan tayyor bo`ladigan lag`monlarga qayrilib qaramaydi.

Ishi baroridan keladi! Ayollar erkaklarga qaraganda tavakkalchi bo`lishadi. Kichik bir masala yuzasidan erkaklarga o`xshab, haftalab bosh qotirish ularga xos emas. “Bo`lsa-bo`ldi, bo`lmasa-yo`q” qabilidagi ish yuritish ko`pincha ularga omad keltiradi, shu jumladan daromad ham!

Tushkunlikni engil o`tkazadi! “Oh-voh” va yig`ining foydasidir bu balki? 53 % ayollar o`zini bezovta qilayotgan masala yuzasidan dugonalari, opa-singli bilar o`rtoqlashadi, ulardan tayinli maslahatni ololmasa ham. Erkak esa mag`rur, u hatto eng yaqin do`stiga ham “muammoga duch” keldim deyishni istamaydi.

O`qishni sevadi! Izlanishdan, o`z ustida ishlashdan aslo charchamaydi! Erkaklar orasida oliy o`quv yurtini oxirigacha yakunlamay tashlab ketadiganlar ko`proq uchraydi. Ular dangasaligi va mag`lubiyatdan qo`rqqani sabab o`rtamiyona ishda ishlashga ham rozi bo`laveradi.

Uzoq umr ko`radi! Keksalik gashtini surayotganlarning 85% ini ayollar tashkil etadi. O`rta hisobda ojizalar kuchli jins vakillaridan 5-10 yil ko`proq yashar ekan. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1