AsosiyJamiyat

Toshkent erosti va erusti metro yo`llari halqaga aylandi (Foto)

Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o`rni juda katta. Uning qamrovini kengayt...

'Toshkent erosti va erusti metro yo`llari halqaga aylandi (Foto)'ning rasmi

Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o`rni juda katta. Uning qamrovini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, erusti metrosi vujudga keldi.

O`tgan yillarda bu ulkan loyihaning birinchi bosqichi va Sergeli yo`nalishi ochilgan edi. Joriy yilda ikkinchi bosqich - Qo`yliqdan Sergeligacha bo`lgan erusti metrosi qurib bitkazildi.

Prezident ushbu transport inshootini borib ko`rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.

– 2017 yilda bu loyihani boshlaganimizda ishonmaganlar ham bo`lgan edi. Mana, Xudoga shukur, erosti va erusti metro yo`llari bog`lanib, halqaga aylandi. To`g`ri, og`ir bo`ldi. Lekin xalqimizga xizmat qiladigan, tarixda qoladigan yo`l bu. Odamlarimiz, farzandlarimiz bunda yurib, davlatdan rozi bo`lsa, niyatimizga etgan bo`lamiz, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Mazkur ikkinchi bosqich doirasida 12 kilometr estakada yo`l va 7 ta bekat barpo etilgan. Bu oraliqdagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Bir kunda 40 mingdan ortiq yo`lovchiga xizmat ko`rsatiladi.

Umuman, bugun Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan oshdi. Shundan 38 kilometri 1977 yildan keyin bunyod etilgan bo`lsa, oxirgi 7 yilda 32 kilometr metro yo`li qurildi. Bekatlar soni 50 taga etdi. Metroda yuruvchi kunlik yo`lovchilar soni 750 mingga etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda poytaxtimizga mingta avtobus olib kelindi. Natijada jamoat transportidan kuniga 1 million 400 ming nafargacha yo`lovchilar foydalanmoqda. Bu shaxsiy transportlarga ehtiyojni, pirovardida ko`chalarda tirbandlikni kamaytirishda muhim omil bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar