AsosiyJamiyat

Orol dengizi hududidan noqonuniy tarzda artemiya sistalarini yig`ib olayotganlar ushlandi (foto)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi...

'Orol dengizi hududidan noqonuniy tarzda artemiya sistalarini yig`ib olayotganlar ushlandi (foto)'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi, Mo`ynoq tumani ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Qozog`iston Respublikasi chegara oldi hududlari, Orol dengizi qirg`oqlarida tezkor reyd tadbiri o`tkazildi.  

Tadbir davomida bir guruh shaxslar tomonidan qiymati 102,9 million so`mga teng bo`lgan jami 1029 kg “artemiya sista”lari hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda yig`ib olib ketilayotganligi aniqlandi va to`xtatildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, holat natijasida tabiatga 68 million so`m miqdorida moddiy zarar keltirilganligi ma`lum bo`ldi. Ayni damda holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun, artemiya sistalari Orol dengizining qurigan sohillarida hayot kechiradi. Xlorlangan, sulfatlangan, karbonat va tuzli muhitda yaxshi ko`payishga ixtisoslashgan ushbu tirik mavjudotlar akvamadaniyat sanoatida, qishloq xo`jaligi, farmasevtika, tibbiyot va kosmetologiyada keng qo`llaniladi.  

Orol dengizi hududlaridan artemiya sistalarini yig`ib olish uchun ekologiya organlari tomonidan kvota berilishi va tabiatga zarar etkazmagan holda ushbu tirik mavjudot sistalaridan ko`rsatilgan miqdorlardagina foydalanish mumkinligi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar