AsosiyJamiyat

Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

'Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi'ning rasmi

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar qilmoqda. 

“Prezidentimiz tashabbusi bidan amalga oshayotgan ushbu loyihaning amalga oshirilishi Zomin aholisi daromadining ko`payishiga va yoshlar bandligini ta`minlashga xizmat qiladi. Zero loyiha ortidan mahalliy aholi ishlab, daromad topadigan ko`plab infratuzilmalar, jumladan, umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko`rsatish turlari rivojlantiriladi”, - deya ta`kidladi viloyat hokimi Ergash Saliev.

“Tres 001” qurilish tashkiloti tomonidan bunyod etilgan Zomin aeroporti 30 o`ringa mo`ljallangan yo`lovchi terminaliga ega bo`lib, qurish uchun 60 gektar er maydoni ajratilgan.

Ob`ektda jami 200 dan ziyod xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, hozirda aeroport infratuzilmasi, muxandislik kommunikasiyasi, uchish-qo`nish, xarakatlanish yo`laklari va perronni loyihalash hamda qurilish, uchish va qo`nishni ta`minlash bo`yicha radio va aeronavigasiya uskunalarini xarid qilish, o`rnatish va ekspluatasiya qilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun: 2022 yilning oktyabr oyidan boshlab Zominning Dashtobod shaharchasi temir yo`l bekatiga “Afrosiyob” tezyurar poezdi to`xtashi tashkil etilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar