Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyat rahbariga qarindosh sanalgan shaxs qonunbuzarlik sodir etgani aniqlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi.
Ma`lum qilinishicha, bunday holat bo`yicha (o`sha shaxs kim bo`lishidan qat`i nazar) aniq isbotlar yoki biror rasmiy idoraning xabarni tasdiqlagani kuzatilgani yo`q. Qolaversa, bunday holat mas`ul rahbar bilan va uning yaqinlari bilan bog`liqligi haqiqatga zid.
“Keyingi navbatda esa, har bir shaxs o`z hatti-harakati uchun o`zi javobgar sanalishi qonunlarimizda ko`rsatilgan.
Yanada aniqroq aytganda, yurtimizda jinoyat sodir etgan shaxs kim bo`lishidan yoki kimning yaqini bo`lishidan qat`i nazar qonun oldida o`zi uchun va albatta javobgarlikka tortiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar kuzatuvchilarini va sahifalar egalarini asoslari aniq ko`rsatilmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Turli xil ma`lumotlarni jamoatchilikka etkazishda e`tiborli bo`lishni eslatib o`tamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.






