1

O`zbekiston Ukrainadagi 1-sinf bolalariga o`quv qurollaridan iborat to`plam yubordi

Siyosat 07.09.2023, 12:43
O`zbekiston Ukrainadagi 1-sinf bolalariga o`quv qurollaridan iborat to`plam yubordi

O`zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlar nomidan ukrainalik bolalarga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, yordam paketida erkaklar, ayollar va bolalar uchun futbolkalar, shuningdek, 2000 ta birinchi sinf to`plami mavjud. To`plam ichida maktab sumkasi, daftar, rasm daftari, rangli qog`oz, plastilin to`plami, ruchka, elim, qalam, rangli qalam, akvarel va qalam qutisi kiritilgan.

Gumanitar yukni Ukraina—O`zbekiston do`stligi xalqaro jamiyati rahbari Lyubomir Bashinskiy qabul qilib olgan. 

Birinchi sinf o`quvchilari uchun to`plamlar Zakarpat viloyati ma`muriyatining ko`chirilganlar markaziga topshirilgan. Ular Xarkov, Xerson, Nikolaev va Zaporoje viloyatlaridan etimlar va ko`chirilganlarning bolalariga topshiriladi.

Eslatib o`tamiz, avgust oyida ham nodavlat notijorat tashkilotlari va O`zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo`natgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1