1

Kartoshkaning 15 shifobaxsh xususiyati

Salomatlik 22.10.2016, 11:51
Teglar: Mahsulot, Salomatlik
Kartoshkaning 15 shifobaxsh xususiyati

Kartoshka — ikkinchi non degan gap bor. Chindan ham, to`yimlilik va foydalilik jihatdan u juda benazir mahsulot. Kartoshkaning 20-25 foizi uglevodlar (kraxmal), 2 foizi oqsillar va 0,3 foizi yog`lardan tarkib topgan. Tarkibida ko`p miqdorda kaliy (100 gr. xom kartoshkada 568 mg), fosfor (50 mg), kalsiy va temir moddalari, shuningdek, S, V, V2, V6, V RR, D, K, E vitaminlari, foliy kislotasi, karotin va organik moddalar mavjud.

Foydali xususiyatlari

  1. Tarkibida kaliy ko`p bo`lgani uchun kartoshka organizmdan ortiqcha tuz va suvni haydaydi, bu esa modda almashinuvini yaxshilaydi. Ayni sababga ko`ra, kartoshka parhez payti juda foydali, faqat me`yorni unutmaslik lozim. Chunki juda kaloriyali mahsulot bo`lgani uchun semizlikka moyil odamlarga uni kamroq eyish tavsiya etiladi.
  2. Terida allergiya sababli paydo bo`lgan dog`lar, kuyish jarohatlari, mayda tomirlar yorilishi oqibatida yuzaga kelgan ko`karishlarni bartaraf etish uchun o`sha joyni har kuni xom kartoshka bo`lagi bilan artish tavsiya etiladi.
  3. Kartoshkali niqob teridagi charchoqni bartaraf etadi. Qaynatib pishirilgan kartoshkani yaxshilab ezib, quyuq bo`tqa holiga keltirasiz. Ozgina sut va bitta tuxum sarig`i qo`shasiz. Aralashtirib, iliq holda yuzga surtasiz va ustida qalinroq mato yopib, 20 daqiqa tepaga qarab yotasiz. Avval iliq, keyin qaynatib sovutilgan suv bilan yuvib tashlaysiz. Bu niqob terini oziqlantirib, ajinlarni yo`qotadi, yuzingizni tarang va silliq qiladi.
  4. Kartoshka sharbatini sabzi, selderey ildizi sharbatlariga qo`shib iste`mol qilsangiz, ovqat hazm qilish yaxshilanadi va asabiy taranglik yo`qoladi.
  5. Agar go`sht va baliq mahsulotlarini taomnomangizdan chiqarib tashlab, har kuni kartoshka, sabzi, bodring va lavlagi sharbatidan umumiy hisobda 500 ml miqdorida suv bilan aralashtirgan holda iste`mol qilsangiz, ozish uchun tutgan parhezingiz tezroq samara beradi.
  6. Yurak faoliyati izdan chiqqanda kuniga uch mahal och qoringa 100 ml kartoshka sharbatini iste`mol qilsangiz (uch hafta davomida), so`ng 1 hafta tanaffus qilib, yana shu davolash kursini takrorlasangiz, ko`rmagandek bo`lib ketasiz.
  7. Ich qotganda ertalab och qoringa 1 stakan xom kartoshka sharbati ichish foydali. Keyin yarim soat o`rinda qimirlamay yotasiz. Bir soatdan so`ng nonushta qilsa bo`ladi. Muolajani 10 kun ketma-ket takrorlasangiz, ich qotishi barham topadi.
  8. Agar har kuni iliq kartoshka qaynatmasiga 5 daqiqa davomida qo`llaringizni solib tursangiz, terisi silliq va mayin bo`ladi. Tirnoqlaringiz ham mustahkamlanadi.
  9. Har kuni quyuq kartoshka qaynatmasidan ichib turish orqali eng kuchli zamburug`li kasalliklarni ham engish mumkin.
  10. Bronxit xuruj qilganda kartoshkani po`sti bilan qaynatib olib, archib, ezib, 1 osh qoshiq o`simlik moyi va 2-3 tomchi yod qo`shasiz. Aralashmani matoga yoyib, iliq holda ko`krak qafasiga qo`yasiz. 20 daqiqaga junko`rpa bilan o`rab qo`yasiz. Buni faqat tungi uyqudan oldin qilish kerak.
  11. Qon bosimi oshganda gaz pechida pishirilgan kartoshkani po`sti bilan eyish kerak.
  12. Bavosil (gemorroy)da xom kartoshkani qirg`ichdan chiqarib, sharbati olinadi. Tungi uyqudan oldin kichkina tibbiy purkagich (sprinsovka) yordamida huqna qilinadi. Muolajani 10 kun takrorlash kerak. Yoki xom kartoshkadan kichkina shamcha o`yib olib, tungi uyqudan oldin orqa teshikka qo`yish ham yaxshi foyda beradi.
  13. Kamqonlik va bo`qoqda yangi siqib olingan kartoshka sharbatidan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichish tavsiya etiladi. Davolash 2-3 hafta davom etadi.
  14. So`gallarni yo`qotish uchun xom kartoshkani kesib, kesilgan tomoni bilan so`gal ishqalanadi. Yiringli yaralarni tezroq tuzatish uchun esa xom kartoshkani qirg`ichdan chiqarib surtiladi. Muolajani har 3 soatda takrorlash darkor.
  15. Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasida tozalangan kartoshkani sirlangan idishda tuzsiz suvda qaynatiladi. Qaynatmani har kuni 3 mahal yarim stakan-bir stakandan ichib turish kerak.

Ehtiyot bo`ling!

Ko`karib, gullay boshlagan eski kartoshka tarkibida zaharli solanin moddasi bor. Shu sababli bunday kartoshkaning po`sti qalinroq artilishi kerak. Hech qachon kartoshkani sirlanmagan yoki mis idishda pishirmang, aks holda u o`z tarkibidagi S vitaminini ko`p yo`qotadi. Agar kartoshkani po`sti bilan qaynatsangiz, S vitamini ko`proq saqlanib qoladi.

ShAHINA tayyorladi

 

 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
​​Aholi salomatligi uchun mahsulotlar xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alanadi

11.11.2020, 21:22

"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi Prezident qarorida qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tuz, qand va yog` miqdori inson sog`lig`i uchun xavfsiz...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1