1

Baliq marinadlashning 4 usuli

SUG'DIYONA 22.10.2016, 12:00
Teglar: Taom
Baliq marinadlashning 4 usuli

1. 1 kg.baliq, bitta piyoz, 3 osh qoshiq olma sirkasi, 1 osh qoshiq tuz, 1 stakan suv.

Bo`laklangan baliqni chuqurroq idishga soling. Ustidan xalqa shaklda to`g`ralgan piyozni joylang. Stakandagi suvga tuz va olma sirkasini aralashtirib, baliq ustidan quying. So`ng sellofan bilan o`rang-da, 12 soatga muzlatgichga qo`ying.

2. 2 kg.baliq, bittadan piyoz va sabzi, 5 dona qora murch, 1 osh qoshiq tuz, 2 choy qoshiq shakar, 2 dona dafna bargi, 2 choy qoshiq sirka, shivit.

2 stakan suvga shakar, tuz, murch donasi hamda dafna bargini solib,  qaynatib oling. Piyoz va sabzini dumaloq xalqa shaklida kesing. To`g`ralgan baliq ustidan piyoz,sabzi va maydalangan shivitni joylab, qaynatmani quying. So`ng sirkadan seping-da, bir kunga qoldiring.

3. 2 kg.baliq, yarim bog`dan kashnich va shivit. Sousi uchun: yarim stakan o`simlik yog`i, 2 choy qoshiq sirka, 1 choy qoshiq xantal aralashmasi, 1 choy qoshiqdan tuz va shakar.

O`simlik yog`iga qolgan barcha masalliqlarni aralashtiring. Chuqurroq idishga bo`laklangan baliqning bir qismini solib, ustidan to`g`ralgan ko`katlar hamda sousdan quying. Shu ketma-ketlikda qolgan baliqni ham joylab olasiz. Marinadlangan baliq 4 soat muzlatgichga turishi kerak.

4. 1,5 kg.baliq, 2 bo`lak sarimsoq, yarim bog` shivit, bitta limon sharbati, 1 osh qoshiq tuz.

Bo`laklarga ajratilgan baliqni patnisga tering. Ustiga to`g`ralgan shivit, ezg`ilangan sarimsoq, tuz va limon sharbatini quyib chiqing. Shu holicha sellofanga o`rang-da, 2 soatga muzlatgichga qo`ying.

 

 BILIB QO`YGAN YaXShI

  • Agar laxm baliq qirsillama po`stli bo`lishini istasangiz, qovurayotganda unga bilab oling.
  • Yumshoq pishishi uchun esa 2 dona tuxumga, 2  osh qoshiq un va tuzni aralashtirib, unli masalliqqa baliq bo`laklarini bilab, qovurishingiz mumkin. 
  • Qovurilgan baliqni quruq qozonga terib, ustidan pomidor sharbati va to`g`ralgan ko`katlarni solsangiz, sousi o`zidan chiqadi. Bu ham juda mazali bo`ladi.
  • Yuqoridagi marinadlash usullaridan biridan foydalanib baliqni zar qog`ozga o`rang-da, qizdirilgan gaz pechida pishirib oling. Bu tariqa parhezbop egulikka ega bo`lasiz.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1