Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari koronavirusning EG.5 D-19 shtammi ko`payib borayotgani haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Euronews.
Jenevada so`zlagan tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus shimoliy yarim sharda qish oldidan “tashvishli tendensiyalar” kuzatilayotganini aytdi.
Uning so`zlariga ko`ra, Yaqin Sharq va Osiyoda o`lim holatlari ko`paymoqda, Evropada esa koronavirusning ushbu varianti bilan kasallangan va reanimasiya bo`limiga yotqizilgan bemorlar soni ko`paygan, ayrim hududlarda kasalxonaga yotqizilganlar soni ko`paygan.
Tashkilotning COVID-19 virusiga qarshi kurash bo`yicha texnik rahbari Mariya Van Kerkxove “bu variant boshqa aylanma shtammlarni siqib chiqarmaydi” va bu holat tashkilotni katta tashvishga solayotganini aytdi.
“COVID-19 vaksinasining dozasini olmagan odamlar orasida emlashning past darajasi katta muammolardan biridir”, – deya ta`kidladi Gebreyesus.
“Agar sizga vaksinaning qo`shimcha dozasini olish taklif qilinsa, ikkilanmang”, — deya qo`shimcha qildi JSST rahbari